Eberl: "Real" "Borussiya"ga Edegorni xarid qilishga yo'l bermadi"
Aslanov Jasurbek
17 iyun 2015, 12:12
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegorga qiziqish bildirgan.
Bu haqda klub sport direktori Maks Eberl ma'lum qildi.
"Biz ancha oldin Edegorning otasi bilan suhbatlashgan edik. Ularga juda yaxshi taklif bildirdik. Ammo o'yinga "Real" qo'shilganida, bizning imkoniyatimiz birdaniga tushib ketdi" - deydi Eberl.