Duglas: "Men "Barselona"ning o'yiniga ko'nikishim kerak"

Tolibjon Qosimov
3 sen 2014, 15:27
"Barselona"ning yangi futbolchisi Duglasning takidlashicha, jamoaga ko'nikish uchun unga vaqt kerak.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli braziliyalik futbolchi "San-Paulu"dan, Kataloniyaga ko'chib o'tdi va klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

"Luis Enrikening qo'l ostida o'z jismoniy holatimni tiklab olishim uchun yaxshigina ishlashim kerak, shu bilan birga yangi tizimga ko'nikishim kerak. Bunga tayyorligimni tushunish qiyin, chunki endigina Braziliyadan keldim. Men "Barselona"dagi o'yin uslubini o'rganishim kerak. Yevropa futboli juda tez, ammo bunga tez orada ko'nikaman" - deydi Duglas.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru