"Dinamo"ning Chimyondagi tayyorgarligi davom etmoqda, tarkibda o'zgarishlar

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2017, 14:34
11 iyul kunidan Chimyon tog'li hududida o'quv mashg'ulot yig'iniga kirishgan Dinamo jamoasining ikkinchi davraga tayyorgarligi qizg'in davom etmoqda.

Murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash borasida alohida ishlar olib borishmoqda. Birinchi davrani ijara asosida jamoamizda o'tkazgan Abdujamol Isroilov (Neftchi), Damir Nizanov (Neftchi), Javohir Qahramonov (Bunyodkor) hozirda klub ixtiyorida emas.

Birinchi davrani Surxon klubi safida ijarada o'tkazgan Jonibek Ko'chimov yana Dinamo ixtiyoriga qaytarildi. Shuningdek, Olmaliqdan Muhammad Isaev, Metallurgdan Doniyor Ismoilov singari yosh yarimhimoyachilar kelib qo'shilgan.

Eslatib o'tamiz, Dinamo 20 iyuldan Toshkentda nazorat bahslariga kirishadi. Dastlabki uchrashuv shu kuni Navbahor jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

Dinamo O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasida 31 iyul kuni Bunyodkor/Neftchi juftligi g'olibiga qarshi safarda o'yin o'tkazsa, 5 avgust kuni Oliy Liga 16-turi doirasida Samarqandda Metallurg jamoasini qabul qiladi.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcdinamo.uz