“Dinamo” “Qizilqum” bilan durang o'ynadi

Alisher
15 noya 2019, 18:40
FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan katta tanaffusdan unumli foydalangan “Dinamo” va “Qizilqum” jamoalari Samarqandda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

Bahs garchi o'rtoqlik maqomida bo'lsa-da, uchrashuv ancha keskin kurashlarga boy o'tdi. O'yinning 31-daqiqasida Bahodir Nasimovning uzatmasini Shohruh Abdurahmonov “Qizilqum” darvozasiga kiritib, hisobni ochdi, 1-0.

Tanaffusdan keyin Tachmurod Agamurodov singari Hamidjon Aktamov ham tarkibda bir qator o'zgarishlar qildi. Tengkurashlar ostida kechgan ikkinchi bo'limning 80-daqiqasida bosh hakam “Dinamo” darvozasi tomon penalti belgiladi. To'pga yaqinlashgan navoiyliklarning gruziyalik legioneri Mate Vatsadze 11 metrlik nuqtadan Botirali Ergashev darvozasini ishg'ol etdi, 1:1. Uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Samarqand.

15 noyabr (juma)

“Dinamo” – “Qizilqum” – 1:1

Gollar: Shohruh Abdurahmonov 31 – Mate Vatsadze 80 penalti.

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Abbos Shodmonov, Hakimxon Alamxonov, Jasur O'rinov, Jasur Azimov, Bobur Qosimov, Ixtiyor Toshpo'latov, Shohruh Abdurahmonov, Amirjon Safarov, Qadamboy Nurmetov, Bahodir Nasimov.

“Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin, Fayzulla Qambarov, Aziz Usmonov, Sherali Jo'raev, Mirjamol Qosimov, Humonyun Abdualimov, Stiven Lustica, Lasha Totadze, Ruslan Margiev, Vohid Shodiev, Mate Vatsadze.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz