"Dinamo": 6 sentyabrda "Nasaf" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2013
25 avgust kuni Namangandagi uchrashuvdan so'ng tatilga chiqqan Samarqandning "Dinamo" jamoasi 1 sentyabr kunidan buyon Samarqandda mashg'ulotlarni olib bormoqda.
Navbatdagi uchrashuvni 14 sentyabr kuni o'z maydonida qabul qiladigan "Dinamo" oraliqdagi tanaffusdan foydalanib 6 sentyabr kuni Qarshida "Nasaf" ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, "arslonlar" navbatdagi uchrashuvini 14 sentyabrda Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia