Bu jamoa chempionatning dastlabki ikki turida "Kosonsoy" va "Xotira-79"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsada ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Shu bois ortda qolgan o'yinlar haqida Nuraliev bilan suhbatlashdik.
- O'tkazgan ikki o'yinimizga to'xtalishdan oldin shuni aytib o'tishim kerakki, bu yil birinchi ligada eng yosh jamoa aynan "Paxtakor-2"dir. Maqsadimiz asosiy jamoaga o'yinchilarni tayyorlab etkazib berish. Shu bois bu yil natijadan ham ko'ra ko'proq akademiyamiz tarbiyalanuvchilarini katta futbolga tayyorlab borishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz.
- Albatta hali 20 yoshga to'lmagan yigitlar bilan birinchi ligada ishtirok etish qiyin. Chunki bu yerdagi jamoalar safida oliy ligaga o'ta olmagan bir qator tajribali o'yinchilar bor. Garchi shunday bo'lsada biz bundan ortiqcha tashvish chekmaymiz. Sababi yoshlarni birinchi ligada pishitib boramiz. Bu foydali. Jamoamizning o'z o'yin uslubi bor. Shunga monand o'yin tashkil etishni yo'lga qo'ymoqdamiz. Ortda qolgan bahslarda shogirdlarim yomon taassurot qoldirmadi.
- Chempionatning ilk turini "Kosonsoy"ga qarshi o'tkazdik. Bu uchrashuvga turli sabablarga ko'ra o'zimiz xohlagan optimal tarkibni olib bora olmadik.
- Taqvimga ko'ra keyingi o'yinni ham Namanganda o'tkazdik. "Xotira-79" bilan ham o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Shuni inobatga olib tarkibni kuchaytirishga e'tibor qaratdik. Muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynash shogirdlarimga ham quvonch bag'ishladi deb o'ylayman. Shu kuni raqibga ham oson bo'lmadi. Natija ko'rsata olmagan bo'lsakda o'yindan ko'nglim to'ldi.
- Shu o'yinlardan kelib chiqib aytishim mumkinki, yigitlarimizda turdan-turga o'sish ko'zga tashlanmoqda.
- Ushbu bosqichda imkon qadar yuqori sakkiztalikdan joy olishga harakat qilamiz.