Dilshod Nuraliev Xitoydagi turnirga 20 futbolchini jalb qildi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2017, 17:12
Shu yilning 13–17 iyul kunlari Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-15 asosiy terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.


Ushbu turnirda O'zbekiston o'smirlar termasidan tashqari Xitoy, Chexiya va Yaponiya U-15 terma jamoalari qatnashadi. Dilshod Nuraliev bo'lajak turnirga 20 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Mo'minmirzo Qodirov (“Bunyodkor”), Shukron Yo'ldoshev (“Paxtakor”);

Himoyachilar: Miraziz Sadiov (“Paxtakor”), Sardor Abdurashidxo'jaev (“Bunyodkor”), Xurshid Ubaydullaev (“Bunyodkor”), Muhammadyusuv Nosirov (“Bunyodkor”), Doniyor Sobirov (“Bunyodkor”), Jasur Abdulbekov (“Bunyodkor”), Shavkat Tohirov (BO'SM);

Yarim himoyachilar: Mironshoh Sattorov (“Bunyodkor”), Mirjalol Qosimov (“Nasaf”), Temur Mamasiddiqov (“Paxtakor”), Ruslan Ro'ziev (“Paxtakor”), Jasur Jaloliddinov (“Bunyodkor”), Diyor Rahimqulov (“Bunyodkor”), Abdurauf Bo'riev (“Bunyodkor”), Murod Xo'jamberdiev (“Nasaf”), Azamat Abduhalilov (“Yangier”);

Hujumchilar: Igor Chirkizov (“Paxtakor”), Bobur Sobirov (“Lokomotiv”).

Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com