Diego Simeone: "Rossiyada g'alaba qozonish oson emasligini bilib oldingiz"

Aslanov Jasurbek
24 noya 2016, 10:50
"Atletiko" ustozi Diego Simeonening takidlashicha, klubning Chempionlar ligasi D guruhidagi yetakchiligidan mamnun.

"Bugun biz Chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchun muhim qadamni tashladik. Endi yaxshi poziciyadamiz va kurashni bemalol davom ettira olamiz.

Guruhda birinchi o'rin PSV va "Rostov"ga qarshi bahslarda qo'lga kiritildi. Agar ushbu uchrashuvlarda durang qayd etganimizda, guruhda yetakchi bo'lmasdik.

Rossiyada g'alaba qozonish oson emasligini bilib oldingiz. Odamlar buni oson ish deb o'ylashardi, ammo aslida bunday emas, biz u erga borib, o'z vazifamizni bajardik.

Guruhda birinchi o'rin ikkinchisidan yaxshiroq. Chempionlar ligasining pley-off bosqichi - bu boshqa turnir" - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana