
Biz raqibdan qaysidir jihatlarda farq qilishimiz haqida o'ylamayapmiz. Ertaga kim ko'p ishlasa, o'sha jamoa finalga chiqadi.
Meni o'ylashimcha, bizning g'alabaga bo'lgan ishtiyoqimiz kuchliroq. "Atletiko" birinchi bor bu bosqichga yetib keldi va bizning ko'zimiz g'alabalarga o'ch.
G'alaba qozonishning har xil usullari bor. Kim qaysi uslubni tanlashini esa o'zi hal qiladi. Men hamkasbimning uslubi haqida fikr yuritmayman. Joze Mourinyoning ishini hurmat qilaman.