Diego Kosta yaqinlariga faoliyatini qayerda davom ettirishini aytdi

Alisher
18 avg 2020, 10:20
"Atletiko" forvardi Diego Kosta tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.

31 yoshli ispaniyalik futbolchi Chempionlar Ligasi chorak finalidagi mag'lubiyatdan so'ng uning keyingi manzili Milan ekanligini yaqinlariga aytgan.

Kosta "Atletiko"dan katta ehtimol bilan ketadi, o'yinchining shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JGATOO1