Diego Kosta: "Mavsum boshida menda ortiqcha vazn bor edi"

Aslanov Jasurbek
9 okt 2015, 11:20
"Chelsi" hujumchisi Diego Kosta mavsum boshida ortiqcha vaznga ega bo'lganini tan oldi.

"O'tgan mavsum oxirida jarohatim bor edi, keyin esa tanaffus bo'ldi. Menimcha dietadan chiqib ketdim, klubga qaytganimda esa optimal holatda emas edim. Normadan biroz og'irroqligim ma'lum bo'ldi va bu o'yinimga ta’sir qildi.

Mavsumning omadsiz boshlanishiga sabab qidirsak ko'pchilik murabbiyni ayblashi mumkin, ammo men bunday qilmayman. Futbolchilar o'yin natijasi uchun javob beradi. Yangi mavsum oldingisining davomi bo'ladi deb o'ylagan edik. Endi ter to'kib ishlashimiz kerak.

Million futbolchilardan so'rang, ular o'zi xohlagan murabbiylari uchligiga Mourinyo, Gvardiola va Simeoneni kiritgan bo'lar edi. "Chelsi"ga o'tganimning sababi ham shunda. Mourinyo futbolchilarga kuchliroq bo'lish uchun yordam beradi" - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal