Dibala: "Yuventus"da o'ynashdan xursandman, Del Pero izidan bormoqchiman"

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2017, 18:14
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala OAVda paydo bo'lgan ma'lumot haqida fikr bildirdi.

Oldinroq "Real" argentinalik uchun 105 mln. evro to'lashga tayyorligi va futbolchining yillik maoshini 10 mln. evroga etkazishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

"Hech kim men bilan takliflar haqida suhbatlashmadi. Alessandro Del Pero izidan bormoqchiman. "Yuventus"da ekanligimdan xursandman va agentim klub bilan shartnoma uzaytirish uchun tez orada Turinga yetib keladi.

Bor-yo'g'i 23 yoshdaman va o'z o'yinim, jismoniy tayyorgarligim va o'ng oyoq bilan beradigan zarbamni kuchaytirishim lozim" - deydi Dibala.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Rai Sport