Di Mariya YCHLdagi assistlar bo'yicha 2-o'ringa chiqib oldi
Omonjon To`xtamirzayev
28 noya 2024
"Benfika" vingeri Anxel Di Mariya "Monako"ga qarshi bahsda (3:2) 2 ta golli uzatma etkazib berdi, endi uning hisobida ushbu musobaqada 41 assist mavjud.
Shu tariqa, 36 yoshli argentinalik hamyurti Lionel Messini (40) ortda qoldirib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Bu borada Chempionlar Ligasi rekordchisi – Krishtianu Ronaldu (42 assist).