Devid Moyes: Bu futbol, oldinga intilishda davom etamiz

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2014, 08:50
Manchester Yunayted ustozi Devid Moyes Angliya liga kubogi yarim final javob uchrashuvida Sanderlenddan penaltilar seriyasida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Biz u qadar yaxshi o'ynay olmadik, vaziyatlardan foydalana olmadik. Sanderlend so'nggi soniyaga qadar bitta gol urishga urindi.

Uchrashuv oxirida yomon o'ynaganimizdan hayron qoldim. Biz qarshi hujumlardan foydalana olmadik.

Nima ham derdik, bu futbol, o'zimizni qo'lga olib oldinga intilishda davom etamiz, – deydi Moyes.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru