Devid Bekxemning klubi qanday nomlanadi?

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018, 15:49
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi asos solgan Mayami klubining nomi ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa "Inter" Mayami deb ataladi.

Eslatib o'tamiz, MLS yanvar oyida liga klublari safiga Mayamidan jaoma qo'shilishini e'lon qilgan edi. Klub egalari bu voqea 2020 yilgacha sodir bo'lishiga umid qilishgan. Mayami jamoasi shahar markazida joylashgan, o'z bag'riga 25 ming kishini sig'dira oladigan stadionda o'ynaydi. Ushbu arena qurilishi uchun 200 mln dollar sarflanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports News