Desham: "Benzema anchadan beri "Real" va Fransiya terma jamoasiga foyda keltirmoqda"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2015, 10:44
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Real" hujumchisi Karim Benzema nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Karim raqobatbardosh va doimo o'sishga intiladi. U "Real" va Fransiya terma jamoasiga juda ko'p yordam beryapti" - deydi Desham.

Benzema bu mavsumda Ispaniya chempionatining 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta golli pas bergan va 13ta golga muallif bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com