Depay "Barselona"da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2021, 10:19
Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Memfis Depayning "Barselona"ga o'tishi aniq bo'lib ulgurgan.

Uning yozishicha, futbolchi Kataloniya klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekadi va yiliga 5 mln evro maosh oladi. Rasmiy xabar esa kelasi haftada ma'lum qilinadi.

"Lion" bilan shartnomasi yakunlangan futbolchi "Barselona"ga tekinga o'tadi.

O'tgan mavsumda Depay 37 o'yinda 20 gol va 12 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal