

"Hayot davom etadi. Hammasi juda yaqin edi. Tafsilotlarni ochmayman, ammo transferga to'sqinlik qilgan bazi qoidalar mavjud edi. Ammo men hamma narsaning sababi bor deb hisoblayman.
Hozir bor e'tiborimni "Lion"ga qarataman va bu yerda yana muhim rolni o'ynamoqchiman. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday kecharkin. Agar men o'z ishimni qilishni davom ettirsam, "Barselona" qiziqishni saqlab qolishi mumkin. Hozir esa men qo'shilib olishim kerak", - deydi Depay.
Eslatib o'tamiz, Depay yozgi transferlar oynasida "Barselona"ga o'tishga yaqin edi, ammo yakunda transfer amalga oshmadi.



