Dembele Xaviga yozda "Barselona"ni tark etishini aytdi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2021, 19:56
"Barselona" amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan Usmon Dembeleni o'z safida saqlab qolmoqchi.

Ayni vaqtda fransiyalik futbolchi Kataloniya klubini tark etishga qaror qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Manbaning xabariga ko'ra, Dembele Xaviga yozda "Barselona"ni tark etishini aytgan.

Eslatib o'tamiz, Usmon Dembele 2017 yilning yozidan buyon "Barselona"da o'ynamoqda. Fransiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida 122 ta o'yin o'tkazib, 30 ta gol urgan va 21 ta golli uzatma amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito TV