

“Hammasi reja asosida davom etsa, kelasi yili Fransiyada o'tkaziladigan Yevropa chempionatidan so'ng murabbiylik faoliyatimga yakun yasayman. Bunga yagona sabab – sog'liq. Men 8 yil mobaynida Ispaniya terma jamoasini boshqardim. Ortiq ishlash niyatim yo'q. Yagona istagim murabbiylik faoliyatimni muvaffaqiyatli yakunlashdir”, – dedi Del Boske.



