Deku: "Ronaldu bunchalik darajaga yetishini bilmagandik"

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 12:43
Portugaliya termasining sobiq futbolchisi Deku termaning hozirgi sardori Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Krishtianu termada juda ham baxtli, u termada o'ynayotganida nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. Undan tashqari, Ronaldu sardor, uning yetakchilik hususiyati juda ham yuqori darajada.

U futbolni boshlaganida buyuk futbolchilar qatoriga kira olishini bilgandik, ammo bu darajagacha eta olishini kutmagandik. U futbol tarixidagi eng zo'r futbolchilardan biri.

Isbot sifatida ayta olaman, shu yoshiga kirganda ham bir necha yillik barqarorligini yo'qotmadi. Bunday hususiyat barchaga ham berilmaydi", - dedi Deku.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express