De Yong: "Barselona"da faoliyatimning oxirigacha qolsam kerak"

Tolibjon Qosimov
25 yanv 2020, 11:48
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong hamisha kataloniyalik safida to'p tepishni xohlaganini aytib o'tdi.

"Men barchasidan mamnunman va imkon qadar ko'proq o'ynamoqchiman. O'yinimni o'stirishga umid qilaman. Menda pasayishlar ham bo'ldi, lekin ko'prog'i ham qo'limdan kelishiga ishonaman. Ehtimol, men "Barselona"da faoliyatimning oxirigacha qolsam kerak. Men hamisha ushbu klub safida to'p tepishni xohlaganman. Kelajakda nima ro'y beradi, bilmayman. Lekin, bu yerda meni hammasi qoniqtiradi. Qaerga ketaman? "Barselona"dan yaxshi joy yo'q", - deya Frenkining so'zlarini keltirdi "sport.es" nashri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.es