De Bryuyne: "Chelsi"ni Mourinyo boshqarar ekan, u erga qaytmayman"

Aslanov Jasurbek
28 may 2015, 11:10
"Volfsburg" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Chelsi"dan Joze Mourinyo ketmagunicha, London klubiga qaytmasligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, de Bryuyne Mourinyo qo'l ostida o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan va 2014 yilning yanvarida "Volfsburg"ga sotib yuborilgan.

"Chelsi"ni Joze Mourinyo boshqarar ekan, u erga qaytmayman. Angliya qaytishdan yoki Ispaniyaga ko'chib o'tishdan qo'rqmayman. Bu ikki mamlakatda ham o'ynab ketishga kuchim etadi deb o'ylayman" - deydi belgiyalik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com