David Vilya "Nyu-York Siti" safida dublga erishdi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2015, 13:29
David Vilyaning dubli "Nyu-York Siti"ga "Monreal" ustidan g'alaba keltirdi - 2:1.
Shunday qilib ispaniyalik futbolchi 15ta o'yinda 8ta gol urib to'purarlar poygasida uchinchi o'ringa chiqib oldi. Sebastyan Jovinko va Fanendo Adi hisobida ham 8tadan gol bor.
 
"Nyu-York Siti" 18ta o'yinda 20 ochko to'pladi. 35 ochko to'plagan "DS Yunayted" musobaqa jadvalida peshdaqamlik qilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru