David Luisga juda katta mablag' taklif qilishdi, ammo...

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018, 12:28
"Chelsi" himoyachisi David Luis faoliyatini London klubida davom ettirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 31 yoshli braziliyalik futbolchi vakillari Luisning transferi borasida Xitoyda muzokara o'tkazishdi va nomi oshkor etilmagan klub juda katta maosh vada qildi. Ammo himoyachi taklifni rad etdi va "Chelsi" rahbariyatiga shartnoma uzaytirmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Braziliyalikning amaldagi bitimi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

Oldinroq, David Luis xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL