Daniel Alves: Yuventusga o'taman

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2016, 13:19
Barselona Daniel Alves faoliyatini Yuventusda davom ettirishini ma'lum qildi.

Payshanba kuni Kataloniya klubi 33 yoshli braziliyalik futbolchi Kamp Nouni tark etayotganini ma'lum qildi. Yuventusdan tashqari unga PSJ da'vogar edi.

Faoliyatimda o'zgarishlar vaqti keldi. Barselona safida ko'plab sovrinlarga ega chiqdik. Endi o'zimni Italiya futbolida sinab ko'raman va Yuventusga Yevropada sovrinlar yutishiga yordam bermoqchiman.

Bir necha kundan so'ng Turinga boraman va shartnoma tuzaman, - deydi Alves.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football-italia.net