Daniel Alves: Barselonada qolishga qaror qildim

Narzulla Saydullayev
21 avg 2014, 19:55
Barselona himoyachisi Dani Alves jamoada qolishga qaror qildi.
O'ylashimcha, 300 tadan ziyod o'yin o'tkazgan klub safida o'zimga yarasha hurmatim bor.

Barchasini Luis Enrike bilan gaplashib oldim, u menga ishonmoqda.

Barselonada qolishga qaror qildim. Qiyinchiliklar meni yanada kuchliroq qiladi, 2016 yilga qadar amaldagi shartnomam bor.

Men ketishni istamaganman, klub o'ylanib turgandi, shu bois mish-mishlar tarqaldi, – deydi Alves.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru