Dani Alves “Yuventus”dan ketishi sababini aytdi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 23:25
“PSJ” himoyachisi Dani Alves “Yuventus”dan ketishi sababini ma'lum qildi.

“Muammo shundaki, dastlab nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham tushunmovchiliklar bo'ldi. Bizning hamkorligimiz samara keltirishi uchun vaqt kerak edi.

Masalan, echinish xonasida bizga musiqa qo'yishga ruxsat yo'q edi. Men esa musiqa va raqssiz yasholmayman.

Men hamma qoidalarni o'zgartirishni istaydigan ahmoq emasman. Atrofingda yoqimli atmosfera bo'lsa va jamoa bitta maqsad sari birlashsa, bu menga yoqadi. Men jamoa uchun yaxshi bo'lishini istardim. Ammo ayrimlar menga shubha bilan qarashgandi. Asta-sekin bizda hammasi yaxshi tomonga o'zgardi va mavsumning ikkinchi qismini ajoyib o'tkazdik”, deydi braziliyalik futbolchi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia