Dahshat! Ramos faoliyatidagi 800-o'yinni o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2019, 12:58
Kecha, 3 yanvar kuni LaLiganing qoldirilgan 17-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsda "Vilyarreal" "Real"ni qabul qildi. "Keramika" stadionida o'tgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Bu "qaymoqranglilar" himoyachisi Serxio Ramos uchun faoliyatidagi 800-o'yin bo'ldi. 32 yoshli ispaniyalik futbolchi hozirgacha "Real" tarkibida 589ta, Ispaniya terma jamoasida 161ta va "Sevilya" safida 50ta uchrashuv o'tkazgan. Ramos professional faoliyatini 2004 yilning 1 fevralida, "Sevilya" tarkibida boshlagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com