Coca Cola Superligasi. "Buxoro" Navoiyda bir ochko oldi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2019, 18:37
Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 13-daqiqada mezbonlarning ajoyib kombinacion xujumdan so'ng raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishdi. Ammo Vatsadzening  yo'llagan zarbasini "Buxoro" posboni bartaraf etdi.

32-daqiqada Vohid Shodiev hisobni ochdi - 1:0. 

45-daqiqada Sobirjonovning zarbasini Cheremisin qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi, qaytgan to'pni Bobojonov yaqin masofadan darvozaga yo'lladi - 1:1. 

Birinchi taymda durang qayd etildi.

50-daqiqada Stiven Lustica qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va xavfli zarba yo'lladi. Afsus, to'p darvoza ustunini silab o'tib ketdi. 

Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.



"QIZILQUM" - "BUXORO" 1:1
23 noyabr. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 16:45
Hakamlar:
Akobirxo'ja Shukurullaev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Isxak Ibragimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Vohid Shodiev 32, - 1:0. Murodbek Bobojonov 45, - 1:1.

"Qizilqum": Evgeniy Cheremisin, Alisher Sanoev, Lasha Totadze, Stiven Lustica (Sunnatilla Abdullajonov, 65), Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo'raev, Azizbek Usmonov, Ruslan Margiev, Vohid Shodiev, Mate Vatsadze, Doston Ibragimov.
Zaxira: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Mirjalol Qosimov, Xurshid Olimov, Saidjamol Davlatjonov.

"Buxoro": Rahimjon Davronov, Mirjalol Jumaev, Boburjon Amonov (Asiljon Begimqulov, 75), Asadbek Sobirjonov, Ergash Ismoilov, Jaba Lipartiya, Murodbek Bobojonov (Behruz Sadilloev, 90+2), Milovan Kapor, Fatxullo Fatxulloev, Anvarjon Jo'raev, Shahzod Beshimov (Jamoliddin Ubaydullaev, 59).
Zaxira: Shohjahon Nasimov, Sardor Sulaymonov, Tohirjon Shamsiddinov, Ohunjon Sayfiddinov, Davronbek Umirov, Artyom Kulesha.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia