
Meksikalik futbolchi ushbu o'yinda dublga erishdi.
"O'zimni yaxshi his qilyapman va "Real" tarkibida maydonda o'tkazgan har daqiqadan rohatlanyapman. "Selta"ga qarshi uchrashuvda bor kuchimizni ishga soldik. Har birimiz g'alabadan mamnunmiz. "Qirollik klubi" Ispaniyada va Chempionlar ligasida g'olib bo'lmoqchi. Men o'z ishimni yoqtiraman va jamoaga kuchim etganicha yordam berishga harakat qilaman" - deydi Chicharito.