Cherchi "Torino" darvozasiga urgan golini nishonlamaydi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2015, 08:42
Ijara asosida "Milan"ga o'tgan, "Atletiko" hujumchisi Alessio Cherchi "Torino" darvozasiga gol ursa, uni nishonlamasligini ma'lum qildi.

"Torino"ga urgan golimni nishonlaymanmi? Yo'q. Menda "Torino"ga bag'ishlangan tatuirovka bor. Bu klub mening yuragimda qolgan. Meni yaxshi kutib olishadi deb umid qilaman.

Agar boshqacha bo'lsa, bu muammo bo'lmaydi, chunki ularni oldida vijdonim toza" - deydi Cherchi.

"Torino" va "Milan" o'rtasidagi A Seriya 18-tur uchrashuvi 10 yanvarda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com