
Quyida Yevropada chempionlikni erta nishonlagan klublarga atalgan foto lavha bilan tanishasiz.
"Bavariya" o'zining Bundesligadagi 25-chempionligini Pep Gvardiola boshchiligida qo'lga kiritdi
O'tgan mavsum Yevropa Ligasi finalini, mamlakat chempionligi va kubogini boy bergan "Benfika" bu yil muddatidan avval Portugaliya chempioni bo'ldi. Lissabonliklar so'nggi bor 2009/10 yilgi mavsumda chempionlik sharobini totib ko'rishgandi
Amstyerdammning "Ayaks" klubi Frank de Bur bosh murabbiyligida qatorasiga to'rtinchi bor Gollandiya chempioniga aylandi
"Fenerbaxche" asosiy raqibi "Galatasaroy"ni 10 ochkoga ortda qoldirdi, Emmanuel Emenike esa 12 ta gol urdi
"Olimpiakos" o'z tarixida 40-bor Gretsiya chempioni bo'ldi. Bu yilgi yubiley chempionlik kiyinish xonasida nishonlandi
Asosiy raqibi "Reynjers"ning yo'qligidan "Seltik" rosa unumli foydalanyapti, sodda qilib aytganda, yayrayapti
"Red Bull" (Zalcburg) chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida Avstriya chempioni bo'ldi, Xonatan Soriano esa mavsumda 30 gol kiritdi
Tel-Avivning "Makkabi" klubi Isroil chempioni bo'ldi va yangi mavsumda YCHLda ishtirok etadi
FIFA tomonidan diskvalifikaciya qilingan Yosip Shimunichning "Dinamo" (Zagreb) klubi Xorvatiya chempioni bo'ldi. Temurxo'ja Abduxoliqov to'p tepayotgan "Xayduk" jamoasi esa 2-o'rin uchun kurashyapti
"Slovan" Slovakiya chempioni bo'ldi. Bratislava ko'chalarida chempionlik paradi