Chempionlar ligasida paslar aniqligi bo'yicha "Barselona" futbolchisi yetakchilik qilmoqda

Aslanov Jasurbek
26 okt 2018, 12:02
Joriy haftaning seshanba va chorshanba kunlari Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

UEFA rasmiy sayti turnirning joriy mavsumdagi eng yaxshi pas ustalari haqida ma'lumot berdi. 3-turdan so'ng pas aniqligi bo'yicha "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets yetakchilik qilmoqda. U 3ta o'yinda 254ta pas bergan va bu uzatmalarning 97% (246ta pas) o'z manziliga yetib borgan. Bu ko'rchatkich bo'yicha kuchli beshlikdan faqat ispan klubi futbolchilari joy olishgan.

Chempionlar ligasi. Paslar aniqligi (3-turdan so'ng)

Serxio Buskets ("Barselona") - 97% (246/254)

Toni Kroos ("Real") - 94% (326/346)

Ivan Rakitich ("Barselona") - 93% (235/254)

Daniel Parexo ("Valensiya") - 90% (235/261)

Koke ("Atletiko") - 88% (257/292)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA