"Chelsi"ning sobiq hujumchisi "Benevento"ga o'tdi

"Marsel", "Chelsi" va Fransiya terma jamoasi safidagi o'yinlari bilan tanilgan Loik Remi Italiyaning "Benevento" klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

So'nggi 2 yilni "Lill" safida o'ttkazgan 33 yoshli forvard 2019/20 yilgi futbol mavsumida 14ta gol urishni uddaladi (30 o'yinda).

Filippo Inzagi boshchiligidagi "Benevento" esa Italiya B Seriyasida g'olib bo'lgani holda kelasi mavsum uchun A Seriya yo'llanmasiga ega chiqdi. Takidlanishicha, "Benevento" rahbariyati germaniyalik Andre Shyurrle va Polsha terma jamoasi a'zosi Kamil Glik bilan ham muzokara o'tkazyapti.

"Milan" xorvatiyalik futbolchini sotib oladi


Manba: Football Italia