"Chelsi" "Yuventus" himoyachisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2022, 21:33
"Aristokratlar" himoya chizig'ini kuchaytirishdan manfaatdor.

"Sky Italia" nashrining yozishicha, Londonning "Chelsi" klubi Matteys de Ligtning transferi haqida o'ylamoqda.

22 yoshli niderlandiyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 120 million evro deb ko'rsatilgan. Uning "keksa sinora" bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi va bu sana yaqinlashgani sari "Yuventus" futbolchining ehtimoliy transferiga e'tiborni kuchaytiradi.

Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen shartnomalari yakunlanganidan so'ng jamoani tark etgani uchun "Chelsi" himoyani mustahkamlash uchun nomzodlar qidirmoqda.

De Ligt 2019 yilda Amstyerdamning "Ayaks" klubidan "Yuventus"ga o'tgan edi. U turinliklar safida jami 87 ta o'yin o'tkazdi va 1 marta Italiya chempioni bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Italia