"Chelsi" va "Inter" Jiruning narxi borasida deyarli kelishib olishdi

Alisher
11 yanv 2021, 09:00
Fransiyalik forvard milanliklar safiga o'tishga yaqin.

"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru "Inter"ga o'tishga yaqin. 34 yoshli hujumchi "neradzurrilar" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, ammo klublar hozirda transfer narxi borasida muzokara olib borishmoqda.

Xabarlarga ko'ra, London klubi o'yinchi uchun Italiya klubidan 5 million funt miqdorida mablag' so'rgan.

Jiru joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky in Italy