“Chelsi” Mendi uchun 24+6 million evro to'laydi

21 sen 2020, 23:02
“Renn” posboni Eduar Mendi “Chelsi”ga o'tishga yaqin.

RMC Spot  xabariga ko'ra, tomonlar 28 yoshli darvozabonning transferi borasida aniq bir to'xtamga kelishgan. London klubi futbolchi uchun 24+6 milliion evro to'lab beradi.

Futbolchi Berlinda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Xabarlarga ko'ra, u “Chelsi” bilan besh yillik shartnomaga imzo chekadi.

O'tgan mavsumda darvozabon “Renn” safida 24 o'yinda maydonga tushib, to'qqizta uchrashuvda o'z daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RM Spot