

Bu haqda "TalkSport" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, londonliklar 30 yoshli belgiyalik futbolchi Yevropa klublaridan biriga o'tishga rozi bo'lmasa, Saudiya Arabistoniga o'tishini talab qiladi.
Avvalroq "Chelsi" Lukakuni "Yuventus" a'zosi Dushan Vlaxovichga almashtirishdan bosh tortgani xabar qilingandi.
Lukaku o'tgan mavsum "Inter"da ijarada to'p tepdi. Forvard barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 14 ta to'p kiritgan.



