CAFA U-15 Girls: O'zbekiston termasi Qirg'izistonni ham yirik hisobda taslim qildi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2017, 07:42
Tojikistonning G'issor shahrida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi bayrog'i ostidagi CAFA U-15 Girls xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Ikkinchi turda O'zbekiston qizlar termasi Qirg'iziston vakilalari bilan bahs olib borib, 3:0 hisobidagi yirik g'alabani tantana qildi. Turning yana bir o'yinida Eron va Tojikiston U-15 qizlar termasi o'zaro kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, 1-turda Karima Yo'ldosheva shogirdlari mezbon Tojikiston bilan to'qnash kelib, 8:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Eron va Qirg'iziston esa nursiz durang qayd etgandi.

CAFA U-15 Girls Tournament
G'issor, Tojikiston
28 avgust, dushanba

O'zbekiston – Qirg'iziston 3:0


Ma'lumot uchun, O'zbekiston qizlar terma jamoasi ertaga, 29 avgust kuni Eronga qarshi bahs olib boradi. Tojikiston esa Qirg'iziston bilan o'ynaydi.

29 avgust, seshanba

19:00 O'zbekiston – Eron
22:00 Tojikiston – Qirg'iziston

Foto: Tojikiston FF

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com