"Buxoro" o'z tarixida ilk bor safarda "Bunyodkor"ga gol urdi

30 mar 2018, 18:48
Ayni damda Toshkentda "Bunyodkor" stadionida superliga 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Ushbu turda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi o'z uyida Buxoroning "Buxoro" jamoasini qabul qilmoqda. Uchrashuvda "Buxoro" jamoasining serbiyalik futbolchisi Marko Klisura hisobni ochdi. "Buxoro" jamoasi "Bunyodkor" bilan o'zaro uchrashuvlarda safardagi ilk golini urdi. 

Shu kungacha, "Buxoro" ushbu jamoa maydonida 10ta o'yin o'tkazib 10 marta mag'lub bo'lgan va gol ura olmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia