"Buxoro" - "Paxtakor-2" uchrashuvi boshlanish vaqti ma'lum

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2015, 14:40
Ertaga, yani 23 iyun kuni “Buxoro” sport majmuasida O'zbekiston kubogi, 1/8 finali javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Unda “Buxoro” jamoasi birinchi liga vakili “Paxtakor-2” jamoasini qabul qiladi.

Hammaga ma'lum-ki, kubok bahslarining 1/8 final bosqichidan boshlab, jamoalar uy-safar tizimida bahs olib borishadi. Ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvi Toshkentda bo'lib o'tgan va “Buxoro” jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Kuni-kecha ushbu uchrashuv boshlanish vaqti tasdiqlandi va uchrashuvning boshlanish vaqti 17:30 qilib belgilandi.

Barcha ashaddiy muxlislarni stadionga taklif etamiz!

O'zbekiston kubogi. 1/8 final (javob uchrashuvi)

“Buxoro” sport majmuasi. Soat 17:30
“Buxoro” (Buxoro) - “Paxtakor-2” (Toshkent)
Birinchi uchrashuv:
0:3

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com