Buxoro – Nasaf uchrashuvining boshlanish vaqtlari ma'lum

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionati tobora qizg'in pallaga kirib bormoqda.
Ortda qolga 3 turga qarab xulosa qiladigan bo'lsak, chempionatimiz saviyasi keskin tarzda ko'tarilib bormoqda. Chempionlik uchun davogar jamoalarning  ochkolar yo'qotishi va jamoalarning salohiyati deyarli bir xil bo'lishi buning yaqqol isbotidir.

4-turning markaziy uchrashuvlaridan biri so'zsiz Buxoroda bo'lib o'tadi. Azaliy raqiblar, “Buxoro” hamda “Nasaf” bir-biriga ro'baro kelmoqda. Yon qo'shnilar bahsi o'ziga xos voha derbisi sifatida etirof etiladi. Ushbu jamoalarning turnir jadvalida tutgan o'rinlaridan qatiy nazar, aynan Buxorodagi uchrashuvlari juda keskin kurashlarga boy va tomoshabob tarzda kechadi.

12 aprel (yakshanba) “Buxoro” 4-tur doirasida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuvning boshlanish vaqti tasdiqlandi. “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadigan uchrashuv soat 17:30 da boshlanadi.

Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi)
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), R. Nugmanov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Shukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Ushbu baxsdan bir kun oldin, ananaviy tarzda jamoalar yoshlari maydonda bellashadilar. Yoshlar ligasi doirasida kechadigan ushbu bahs ham “Buxoro” sport majmuasida, 11 aprel, soat 16:30 boshlanadi.

Muxlis va mutaxasislar tomonidan ancha qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechishi etirof etilgan uchrashuvga jamoalarning ashaddiy muxlislarini taklif etamiz.


Manba: pfcbuxoro.com