"Buxoro" yetakchilaridan biri bilan bitimni bekor qildi

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2025, 13:41
Jamoa hujumchi Shohruz Norxonov bilan xayrlashdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Ikkinchi davra oldidan jamoamiz markaziy hujumchi bilan o'rtadagi shartnomani o'zaro kelishgan holda bekor qildi", – deyiladi xabarda.

32 yoshli forvard joriy mavsum buxoroliklar tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати