“Bunyodkor”da o'tgan “Mustaqillik kubogi-2016” videosharhi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2016, 12:52
14-19 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol klubi tashabbusi bilan 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida “Mustaqillik kubogi-2016” turniri o'tkazildi.

Musobaqada jami 6ta jamoa davraviy tizimda kurash olib bordi. Bular: “Bunyodkor-A” (Toshkent), “Nasaf” (Qarshi), “Mashal” (Muborak), “Sho'rtan” (G'uzor), “Navbahor” (Namangan) va “Bunyodkor-B” (Toshkent).

Turnir yakuniga ko'ra, Sergey Chigodaev boshchiligidagi “Bunyodkor-A” jamoasi musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Qarshining “Nasaf” va 3-pog'ona Muborakning “Mashal” jamoasi tarbiyalanuvchilariga nasib etdi.

Quyidagi havolada “Mustaqillik kubogi-2016” videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com