"Bunyodkor" ochko yo'qotdi, "Paxtakor" g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 19:52
Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan 2ta o'yin bo'lib o'tmoqda.
Mana shu sahifada o'yinlarning natijalarini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

G'uzordagi o'yinning dastlabki bo'limida hisob ochilmadi.  50-daqiqada mezbonlar o'z jarima maydonlarida Taranga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi, hakam "Sho'rtan" darvozasiga penalti belgiladi. Oleksandr Pishurning 11 metrli jarima to'pidan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va "Bunyodkor" G'uzorda muhim ochkolarni yo'qotdi. 


17:30 - Sho'rtan (G'uzor) – Bunyodkor (Toshkent) 0:0 
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro)
Amalga oshirilmagan penalti:
Oleksandr Pishur (noaniq) 51.
Sho'rtan: Aleksandr Korneychuk, Yaroslav Krushelnickiy (Olimjon Karimov, 61), Jamol Otaqulov, Asror Aliqulov, Abbos Omonov (Yusuf Bo'riev, 90), Ibrohim Otaxonov, Aleksandr Vostrikov, Botir Qodirqulov, Umarbek Eshmurodov, Aziz Alijonov, Aziz G'ulomxo'jaev.
Zaxira: Eldor Tojiboev, Zohid Raupov, Abduvali Mo'minov, Andrey Vlasichev, Sanjar To'raqulov.
Bunyodkor: Murodjon Zuxurov, Xayrulla Karimov, Dilshod Jo'raev (Igor Taran, 36), Anvar G'ofurov, Marko Blajich, Javlon Ibrohimov, Oleksandr Pishur, Lutfulla To'raev, Artyom Filiposyan (Alibobo Rahmatullaev, 55), Jasur Xasanov (Sardor Rashidov, 61), Saxob Jo'raev.
Zaxira: Akbar To'raev, Sardor Sobirxo'jaev, Anvar Berdiev, Oleg Zoteev.
Nazoratchi: R. Mo'minov (Toshkent).

   

Toshkentdagi o'yinda hisob 37-daqiqada ochildi. Burchakdan Oybek Qilichevning oshirib bergan to'pini Kaxi Maxaradze boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. Dastlabki bo'lim tugadi.  

Ikkinchi bo'limda hisob o'zgarmadi va "Paxtakor" uch ochkoga ega bo'ldi. 


18:00 - Paxtakor (Toshkent) – Qizilqum (Zarafshon) 1:0 
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), R. Shoyahmetov (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), V. Najafaliev (Toshkent)
Gol:
Kaxi Maxaradze 37, - 1:0 (Oybek Qilichev)
Paxtakor: Aleksandr Lobanov, Boyan Miladinovich, Akbar Ismatullaev, Murod Xolmuhammedov, Kaxi Maxaradze, Jora Oganesyan (Temurxo'ja Abduxoliqov, 63), Jamshid Iskandarov, Igor Sergeev (Stanislav Andreev, 90+1), Aleksandr Merzlyakov, Vladimir Kozak, Oybek Qilichev (Anvar Soliev, 46)
Zaxira: Nikita Ribkin, Sherzod Karimov, Dilshod Sharofetdinov, Abbos Maxsitaliev
Qizilqum: Erkin Jabborov, Farruh Haydarov, Fayzulla Qambarov, Sarvar Xolmatov, Akmal Xoliqov, Jamshid Shohnazarov, Eldor Boymatov, Asqar Muhiddinov, Akmal Rustamov, Ruslan Sanaev, Zafar To'raev.
Zaxira: Artyom Makosin, Alisher Xoliqov, Sherzod Fayzullaev, Jalil Kimsanov, Xurshid Yo'ldoshev, Aziz Usmonov, Navro'z Olimov.
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent). 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia