

Unda "Bunyodkor” futbol akademiyasining 2011 yilda tug'ilgan o'smirlar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jumladan, 3-o'rin uchun kechgan bahsda "Asser" (Fransiya) jamoasini yirik 3:0 hisobi bilan mag'lub etgan Miraziz Mirzaahmedov shogirdlari bronza medallarni qo'lga kiritishdi. Jamoa a'zosi Farzod Sobirjonov esa 5 ta gol bilan turnir to'purariga aylandi.




