

"Al Hilol" rahbariyati Neymardan norozi. Unga juda katta miqdorda pullar sarflanganiga qaramay, futbolchi klub tarkibida sanoqli o'yin o'tkazdi va asosiy vaqtini lazaretda o'tkazmoqda. Shu sababli, Neymar bilan shartnomani to'xtatish bo'yicha ishlar boshlab yuborilgan.
Ma'lum bo'lishicha, Saudiya Arabistoni klubi braziliyalikdan qutulgan taqdirda "Al Nassr" forvardi Krishtianu Ronalduga ko'z tikmoqda. Portugaliyalik "Al Hilol" ro'yxatida birinchi o'rinda turgani aytilmoqda.



