Bukmekerlar Riberining "Oltin to'p" uchun imkoniyati Messi va Ronaldunikidan ko'proq deb hisoblamoqda

Tolibjon Qosimov
12 noya 2013, 17:13
"Bavariya" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frank Riberi bukmekerlar tomonidan "Oltin to'p" uchun baxsda favorit hisoblanmoqda.
Riberining g'alabasi 1,9 koefficent bilan baxolanyapti. Unga asosiy raqib sifatida qaralayotgan "Barselona" hujumchisi Leo Messi g'alabasiga 2,9, "Real" futbolchisi Krishtianu Ronalduga esa 4,5 koefficen berilmoqda.

"Oltin to'p" g'olibi 2014 yilning 13 yanvar kuni Cyurixda taqdirlanadi. Hozirgi vaqtda 23 futbolchi bu sovringa nomzod bo'lib turibti. Dekabr boshida ro'yxat 3ta futbolchigacha qisqartiriladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com