

Shu paytgacha "Mashal" safida to'p tepib kelgan hujumchi Maradona Safarov ayni kunlarda g'uzorliklar tarkibida shug'ullanmoqda. "Sho'rtan" 22 iyul kuni birinchi liga vakili "NBU-Osiyo"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun jamoa "Lokomotiv" o'rinbosarlariga qarshi TTYMI stadionida navbatdagi nazorat bahsini o'tkazadi. O'yin 18:00da boshlanadi. Jamoaga yangi qo'shilgan Maradona Safarov haqida to'xtaladigan bo'lsak, muboraklik hujumchi "Mashal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U birinchi davrada "gazchilar" safida to'rtta o'yinda maydonga tushib, hali gol ura olmadi.
Agar hujumchi ikkinchi davrani "Sho'rtan" tarkibida o'tkazsa, balki gol urishi mumkin.



